» » Shahzoda Garri va Megan Markl 31-mart kuni qirollik maqomidan rasman mahrum bo‘ladi

Shahzoda Garri va Megan Markl 31-mart kuni qirollik maqomidan rasman mahrum bo‘ladi


Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl 2020-yil 31-martdan boshlab qirollik oilasi a’zolarining majburiyatlarini bajarishni rasman to‘xtatadi. Ularning Bukingem saroyidagi ofisi esa 1-aprel kuni yopiladi, deb xabar berdi BBC.

Bundan oldin Garri va Megan Kanadadan Buyuk Britaniyaga qaytib keladi va qirollik oila a’zosi sifatida bir qator tadbirlarda ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, juftlik 31-martdan so‘ng rasman o‘zlarining “hazrati oliylari” maqomini saqlab qoladi, biroq undan foydalanmaydi. Ular tomonidan “qirollik” so‘zining foydalanishiga oid masala esa hozircha muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasi imtiyozlaridan voz kechishlari haqida 8-yanvar kuni ma’lum qilgandi. Qirolicha Yelizaveta II esa Garri va Meganning yangi hayot boshlash to‘g‘risidagi istagini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Mavzuga doir: Shahzoda Garri va Megan Markl Kanadada paparatsi ta’qibiga uchrayotganini ma’lum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Garri va Megan qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan mahrum etilgach, ularning Britaniyadagi uylari — Frogmor kotteji ta’miri uchun ajratilgan pullarni ham g‘aznaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ushbu ta’mirlash ishlari soliq to‘lovchilar uchun 2,5 million funt sterlingga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют