» » Qo‘qonda 30 kishi qamoqqa olinishiga sabab bo‘lgan choyxonadagi otishma arzimagan kelishmovchilik tufayli yuz bergani aytildi

Qo‘qonda 30 kishi qamoqqa olinishiga sabab bo‘lgan choyxonadagi otishma arzimagan kelishmovchilik tufayli yuz bergani aytildi


Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 19-fevral kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Qo‘qon shahridagi “Shedevr” choyxonasidagi jinoiy holat bo‘yicha ba’zi ma’lumotlar berildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Qo‘qon shahridagi “Shedevr” choyxonasida 5-fevraldan 6-fevralga o‘tar kechasi bir necha yoshlar o‘rtasida ommaviy to‘palon ro‘y bergan edi. Unda qatnashchilardan biri miltig‘i bilan janjal ishtirokchilarga qarata ikki marotaba o‘q uzgan, yaralangan 25 va 31 yoshli yigitlar Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgandi.

“Qo‘qonda sodir etilgan jinoiy holat arzimagan kelishmovchilikdan kelib chiqqan bo‘lib, ikki tomon o‘rtasidagi katta janjalga aylangan. Biz dastlab jabrlanuvchi bilan shifoxonada gaplashganimizda, uydagi janjal sabab oynani sindirish oqibatida qo‘lini kesib olganligini bildirdi. Choyxonadagi kameralar esa barcha holatga oydinlik kiritdi. Yigitlar qo‘llariga rezina tayoq, pichoq va boshqa jismlar olib, janjallashib, bezorilik qilishgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deydi viloyat IIB boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanildi. Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют