» » Kaliforniya maktabida yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniya maktabida yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi


Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi boshlang‘ich maktabda yuzaga kelgan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Oxirgi qurbon yaralanganligi tufayli halok bo‘lgan o‘quvchi bo‘ldi.

Shuningdek, otishmani uyushtirgan odamning nomi ma’lum bo‘ldi: u 53 yoshli Sedrik Anderson ekanligi aniqlandi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotiga ko‘ra, erkak maktabga sobiq xotini Karen Eleyn Smit bilan gaplashib olish uchun kirgan. U yerda o‘quvchilari bilan o‘tirgan ayolni o‘ldirgan.

Politsiya erkak o‘quvchilarni otishni rejalashtirmaganligi, biroq ulardan ikki nafari o‘qituvchisi yonida turganligi uchun yaralanganligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют