» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2236 kishiga yetdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2236 kishiga yetdi


Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida 899 kishi koronavirus bilan kasallandi, vafot etganlar soni esa 118 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 75 465 kishiga yetgan, vafot etganlar soni esa 2236 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yana 28 804 kishi koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida esa bir sutka davomida 631 kishi koronavirus bilan kasallangani aniqlangan, vafot etganlarning 115 nafari ham ushbu provinsiya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19-fevral kuni Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi va 20-fevralning boshqa voqea-hodisalari dayjesti

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. 19-fevralda Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan. Ularning ikkovi ham yaponiyalik 87 yoshli erkak va 84 yoshli ayol. Avval Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgan, Yaponiyada 80 yoshli ayol koronavirus qurboniga aylangan, Tayvanda esa koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют