» » Adliya vaziri: “Davlat har bir sohada o‘z ishtiroki chegaralarini aniqlab olishi kerak”

Adliya vaziri: “Davlat har bir sohada o‘z ishtiroki chegaralarini aniqlab olishi kerak”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev litsenziya va ruxsatnomalar sonini ikki-uch martaga qisqartirishni topshirdi. Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletovning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Davletovning ta’kidlashicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda litsenziyalanishi kerak bo‘lgan 266 turdagi faoliyat va 138 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari mavjud. Ularning ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlariga, shuningdek, jamoat xavfsizligiga putur yetkazadigan sohalardagina litsenziya beriladi.

“Davlat har bir sohada o‘zining ishtirok etish chegaralarini belgilab olishi kerak. Ushbu faoliyatni tartibga soluvchi qonun 20 yil oldin qabul qilingan. Shuning uchun bizga yagona hujjat — litsenziyalash va ruxsat berish tizimini kompleks tartibga solish bo‘yicha alohida kodeksni ishlab chiqish topshirildi”, — deya xabar qiladi Ruslanbek Davletov.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda 33 davlat organi litsenziya berayotganini ta’kidlagan. Masalan, Qurilish vazirligi 35 tadan ortiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 34 ta, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — 438 ta, Davlat soliq qo‘mitasi — 80 ga yaqin litsenziyalar beradi.

“Kimga kerak? Ertaga korrupsiya bo‘lmasligiga kim kafolat beradi?” — deb so‘ragan davlat rahbari.

Prezidentning ta’kidlashicha, litsenziyalash tartib-taomillari sonini qisqartirish va litsenziyalash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgan, aks holda “barcha sohalar rivojlanishda orqada qoladi”.

Shavkat Mirziyoyev advokat maqomini olish tartibini ham tanqid qilgan. Prezident advokatura to‘g‘risida qonun 2009-yilda qabul qilinganini eslab o‘tgan. Hujjatda litsenziya olish uchun advokatlik maqomini olish uchun da’vogar kamida ikki yillik yuridik mutaxassis tajribasiga ega bo‘lishi, shu jumladan, kamida uch oy yuristlik firmasida amaliyot o‘tashi va malaka imtihonidan o‘tishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

“Bir advokatga 33 ming kishi to‘g‘ri keladi. Adolat qayerda? 2009-yilda qaror qabul qilindi: unda advokat bo‘lish uchun siz ikki yil yurist bo‘lib ishlashingiz kerakligi aytilgan. Yuristlarning o‘zlari yo‘q. Aslida ularga litsenziya olishlariga yo‘l qo‘yib berilmagan”, — deydi Prezident.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda davlat tomonidan advokat tayinlash tartibi o‘zgaradi

Yig‘ilishda xorijiy tajribada litsenziyalash o‘rniga xabardor qilish, majburiyatni sug‘urtalash, o‘zini o‘zi boshqarish, texnik tartibga solish kabi muqobil usullar mavjudligi ta’kidlab o‘tilganini xabar berilgandi. Xususan, rieltorlik, auditorlik, sud boshqaruvchiligi kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilarning javobgarligini sug‘urtalash yoki o‘z-o‘zini boshqarish tizimlariga o‘tkazish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, litsenziyalarning 79 foizi, ruxsat beruvchi hujjatlarning 80 foizi hanuzgacha qog‘oz shaklida berilmoqda. “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2014-yilda tashkil etilganiga qaramay, bugungi kunda bu portal deyarli faoliyat yuritmayapti. O‘tgan yili 4 mingdan ortiq litsenziya “bir darcha” tamoyiliga rioya qilinmasdan berilgan. 1-avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют