» » Shuhrat G’aniyevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shuhrat G’aniyevga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Saidmurod Aminjonov Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qarori bilan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati hokimligining xabar berishicha, bu haqda 20-fevral kuni viloyat faollarining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shuningdek, Komila Kavlanova uning 1-o‘rinbosari, Topvoldi Xoldorov va Dilmurod Asqarov o‘rinbosar lavozimiga tavsiya etildi.

Majlisda ishtirok etgan Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Olim Soliyev Shavkat Mirziyoyev bu nomzodlarni qo‘llab-quvvatlaganligini ma’lum qildi.

Avvalroq Yangi tashkil etilgan Bandixon tumaniga hokim va boshqa sektor rahbarlari tayinlangani, Boyovut tumaniga ayol kishi hokim bo‘lgani, Toshkent viloyati hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar berilgan edi. Shuningdek, Yangiyo‘l va Bekobod tumanlarida ham hokimlar o‘zgargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют