» » Xorazm hokimining mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

Xorazm hokimining mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi


Jahongir Sa’dullayev Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, Jahongir Sa’dullayev ushbu tayinlovga qadar Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Gulsara Qurbonboyeva Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Sardorbek Rahimov va Matkarim Jumaniyozov esa boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlangan.

Avvalroq Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ham yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga boshliqlar tayinlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют