» » Rossiya iqtisodiyoti koronavirus sababli har kuni qariyb mlrd rubl yo‘qotmoqda

Rossiya iqtisodiyoti koronavirus sababli har kuni qariyb mlrd rubl yo‘qotmoqda


Rossiya iqtisodiyoti koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy bilan tovar ayirboshlash kamaygani tufayli har kuni qariyb milliard rubl yo‘qotmoqda.

Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov “RBK”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Bu pul, bu mehmonxonalar, transportning yuklanishi chakana savdoda qo‘shimcha daromadlardir. Aviatashuvchilar bong urmoqda. Barcha bundan zarar ko‘rmoqda”, — degan Siluanov.

Uning ta’kidlashicha, koronavirus epidemiyasi Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin hal qiluvchi rol o‘ynamaydi.

“Menimcha, bu unchalik muhim omil emas, barchasi karantin va Xitoydagi vaziyat qancha vaqt davom etishiga bog‘liq”. — degan u.

Avvalroq koronavirus butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, 400 dan ortiq kompaniyaning daromadi pasayib ketishi, Ar-Riyodda G20 davlatlari koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qilishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyada smartfonlar qimmatlasha boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют