» » “Turkmanenergo”dagi nosozlik bartaraf etilib, O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazish tiklandi

“Turkmanenergo”dagi nosozlik bartaraf etilib, O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazish tiklandi


21-fevral, juma kuni, Turkmaniston elektr uzatish tarmog‘ida ro‘y bergan nosozlik tufayli O‘zbekistonga yetkaziladigan elektr energiyasi keskin kamaygani xabar berilgan edi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” matbuot xizmatining xabar berishicha, 21-fevral kuni soat 16:20 da Turkmanistonning “Mari issiqlik stansiyasi” va “Serdar” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik turkmanistonlik energetiklar tomonidan bartaraf etilib, O‘zbekistonga elektr energiyasi importi to‘liq hajmda tiklandi.

Ayni paytda elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan iste’molchilarni tarmoqqa qayta ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabridan “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda.

Turkmanistondan import qilinayotgan elektr energiyasi nosozlik sabab uzilib qolishi 2019-yilning dekabrida va 2020-yilning yanvar oyida ham kuzatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют