» » Xitoy yangi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini aprel oxirida boshlashi mumkin

Xitoy yangi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini aprel oxirida boshlashi mumkin


Xitoylik olimlar yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi ular tomonidan yaratilayotgan vaksinani klinik sinovlarga ikki oydan keyingina tayyorlay olishi mumkin. Bu haqda Xitoy fan va texnika vaziri o‘rinbosari Syuy Nanpin ma’lum qildi.

“Kompleks tadqiqotlar va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, vaksinani aprel oyining oxirgi dekadasidan avvalroq klinik sinovlarga taqdim etishning imkoni yo‘q”, — deya Xitoy Fan va texnika vazirligi rahbari o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kommersant”.

Koronavirusning tarqalishi 2019-yil dekabrida boshlangan edi, hozirgacha ushbu virus oqibatida 2,2 mingdan ortiq odam vafot etdi, 75 mingdan ortiq odam kasallangan.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy koronavirusiga qarshi vaksina yarim yildan so‘ng paydo bo‘lishini xabar qilgandi. Qayd etish joiz, fevral o‘rtalarida Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan dori vositasini ishlab chiqarish boshlangani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют