» » “Fuqaroga meni saylamagansiz deyish noto‘g‘ri”. O‘zLiDeP yetakchisi hamkasbi Alisher Qodirovning shov-shuvli bayonotiga munosabat bildirdi

“Fuqaroga meni saylamagansiz deyish noto‘g‘ri”. O‘zLiDeP yetakchisi hamkasbi Alisher Qodirovning shov-shuvli bayonotiga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Aktam Hayitov ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning fikriga munosabat bildirdi.

Surxondaryoning Oltinsoy tumanida 14-fevral kuni mahalliy aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvga munosabat bildirarkan, deputat Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oltinsoylik “bebosh fuqarolarni keskin jazolash” lozimligi haqida post qoldirgandi.

Mavzuga doir: “Mendan hech narsa kutmang, meni saylamagansiz”. Deputat Alisher Qodirov Oltinsoydagi “bebosh fuqarolarni keskin jazolash”ni talab qildi

Deputatning bu fikrlari muhokamalarga sabab bo‘ldi, ushbu muhokamalar jarayonida foydalanuvchilarning fikrlariga javob qaytararkan, deputat bir o‘rinda: “Siz meni saylamagansiz, mendan hech narsa kutmang”, degan mazmunda javob qaytardi (va keyinroq bu javobini o‘chirib tashladi).

O‘zLiDeP yetakchisining fikricha, Oltinsoydagi voqealarda faqat “fuqarolarni ham ayblab bo‘lmaydi”, bu yerda tizimli kamchiliklar bor. Deputat esa, Hayitovning qayd etishicha, “xalq oldida mas’ulligi”ni unutmasligi kerak.

“Surxondaryo voqealari juda dolzarb tus oldi, avvalo bu yerda fuqarolarni ham ayblab bo‘lmaydi. Bizda tizimda kamchiliklar bor. Alisher Qodirovning deputat sifatida xalq oldida mas’ulligi bor. Biz qonunda yozilgan normani oyog‘osti qilishga haqqimiz yo‘q”, — dedi Aktam Hayitov.

Ayni vaqtda, O‘zLiDeP yetakchisining ta’kidlashicha, fuqaro sifatida har kimning o‘z shaxsiy nuqtai nazari bor va, shu jihatdan, Alisher Qodirov ham “fuqaro sifatida o‘z fikrini aytgan bo‘lishi mumkin”, Ammo deputat sifatida bunday fikr bildirish, uning fikricha, noto‘g‘ri.

“Unga bitta odam ovoz berganmi yo ikkita, farqi yo‘q — hurmat qilish kerak. Surxondaryoliklar Alisher Qodirovni saylamagan bo‘lsa ham, partiyasidan kimnidir saylagan bo‘lishi mumkin. Har bir saylovchi deputatdan har bir savoliga javob olishga haqli. Unga siz meni saylamagansiz deyish to‘g‘ri deb o‘ylamayman”, — dedi u.

Mavzuga doir: “Alisher Qodirovdan boshqa hammaga xayrli tong”. “Milliy tiklanish” liderining Surxondaryo voqealari haqidagi bayonoti ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют