» » O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin


“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 21-fevral, juma kuni, respublika hududiga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali harakatlanayotgan Janubiy Kaspiy sikloni kirmoqda, natijada Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilmoqda.

Kun davomida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir kechga borib yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan joylarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Harorat 12-17 daraja atrofida bo‘lib, shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.

22-fevral, shanba kuni, O‘zbekistonning markaziy qismidagina (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha) yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8-13 darajagacha pasayadi.

22—23-fevral kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

23-fevral, yakshanba kuni, O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют