» » Toshkentda 235 ming dollarni “uxlatgan” firibgarlar ushlandi

Toshkentda 235 ming dollarni “uxlatgan” firibgarlar ushlandi


Yakkasaroy tumanida 2019-yilning aprel oyida 55 yoshli Ayubxon A., 34 yoshli Akram A., 34 yoshli Mirlaziz M. va 50 yoshli Habibullo R. 35 yoshli Nuriddin M.ga birgalikda yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha ish yuritishni va’da qilgan.

Toshkent shahr IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, Turkiyadan arzon narxda texnika xarid qilish uchun ular Nuriddindan 235 000 AQSh dollari olgan. Ammo va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan garov ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizga masalangizni hal qilishni va’da qilgan odamlarga notarius orqali rasmiylashtirmasdan turib pullaringizni berishga shoshilmang” , — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют