» » Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Dada-Ali Zufarov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Dada-Ali Zufarov 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2001-yilda Toshkent arxitektura qurilish institutini, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2001-yildan shu vaqtga qadar huquq-tartibot idoralarida faoliyat olib borgan. Dada-Ali Zufarov 2018-yildan shu kungacha Olmazor tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Dada-Ali Zufarovga o‘rinbosar etib Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mahkam Vafoyev tayinlandi.

Avvalroq Musoxon Oppoqov viloyat hokimi o‘rinbosari — Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida mazkur lavozimlarga tayinlovlar amalga oshirildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekiston Prezidenti taklifiga asosan, 18-fevraldagi qaror bilan tashkil etildi. Avvalroq mazkur vazirlik rahbari Rahmat Mamatovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan edi. Yangi vazirlik rahbariga birinchi o‘rinbosar etib tugatilgan Xotin-qizlar qo‘mitasining sobiq rahbari Elmira Bositxonova tayinlandi. Shuningdek, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov, Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev, “Nuroniy” jamg‘armasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют