» » OChL. Hafta ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Unda “Paxtakor” futbolchisi ham bor

OChL. Hafta ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Unda “Paxtakor” futbolchisi ham bor


Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi 2-tur bahslari yakuni bo‘yicha ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Undan “Paxtakor” markaziy himoyachisi Sherzod A’zamov ham o‘rin oldi. 30 yoshli futbolchi “Shahr Xodro”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) jamoasining quruq o‘yin o‘tkazishiga yordam berdi.

OChL 2-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Apirak Voravon (“Changrei Yunayted”);

Himoyachilar: Gotoku Sakai (“Vissel Kobe”), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Tiago Martins (“Yokogama”), Daigo Nishi (“Vissel Kobe”);

Yarim himoyachilar: Kamol Kamyabinla (“Persepolis”), Takahiro Ogihara (“Yokogama”), Akrom Afif, Hassan al-Haydos (ikkisi “As-Sadd”);

Hujumchilar: Teruhito Nagava (“Yokogama”), Bafetimbi Gomis (“Al-Hilol”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют