» » Yerdagi eng xavfli beshta vulqonning nomi ma’lum qilindi

Yerdagi eng xavfli beshta vulqonning nomi ma’lum qilindi


Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti geografi Mettyu Blekett Yerdagi eng xavfli beshta vulqon nomini ma’lum qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning otilishi minglab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Conversation nashri xabar berdi.

Olimning fikriga ko‘ra, odamlar hayoti uchun eng katta xavfni Vezuviy (Italiya), Niragongo (Kongo Demokratik Respublikasi), Popokatepetl (Meksika), Krakatau (Indoneziya) va Pektusan (Shimoliy Koreya) vulqonlari keltirib chiqaradi.

Blekettning ta’kidlashicha, 1600-yildan buyon vulqonlar tufayli 280 ming kishi halok bo‘lgan. Jumladan, 1815-yilda Tambora vulqonining otilishidan so‘ng ochlik sababli 92 ming kishi qurbon bo‘lgan. 1883-yilda Krakatau vulqonining otilishi sunamini yuzaga keltirdi va 36 ming kishining umriga zomin bo‘ldi.

1980-yildan buyon vulqonlar tufayli yuz beradigan o‘lim darajasi sezilarli darajada kamaygan. Geografning fikriga ko‘ra, bu sezilarli daraja tasodifiy sabablarga bo‘g‘liq va vulqonlar otilishiga yuqori darajada tayyorlikning natijasi hisoblanmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют