» » Samarqandda YPX inspektorining ko‘chma radarni yerga o‘rnatgani bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda

Samarqandda YPX inspektorining ko‘chma radarni yerga o‘rnatgani bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda


Joriy yilning 16-fevral kuni Samarqand viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori X.Berdiqulov belgilangan dislokatsiya asosida A-378 avtomobil yo‘lining 45-kilometrida “Qarshi—Samarqand” yo‘nalishida tezlik talablarini buzgan haydovchilarni aniqlovchi ko‘chma radar bilan xizmatga jalb etilgan. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi uning xizmat davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy Nexia-3 rusumli transport vositasi oldi tomoniga, yerga ko‘chma radarni o‘rnatgani yuzasidan ma’lumot berdi.

Inspektorning bu xatti-harakati noma’lum haydovchi tomonidan videotasvirga tushirilgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan YPX katta inspektori X.Berdiqulovga nisbatan Samarqand viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют