» » UNESCO vakolatxonasi O‘zbekistonda multfilmlar yaratish uchun qurilmalar taqdim qildi

UNESCO vakolatxonasi O‘zbekistonda multfilmlar yaratish uchun qurilmalar taqdim qildi


“O‘zbekkino” milliy agentligining Multiplikatsiya filmlari studiyasi animatsiyali kontent yaratish uchun kompyuter jihozlari, dasturiy ta’minot va fototexnika oldi.

UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga ko‘ra, bularning barchasi xalqaro tashkilot Janubiy Koreya homiyligida amalga oshirayotgan “Laos, O‘zbekiston va Ruandada madaniy-kreativ industriyani mustahkamlash” loyihasi doirasida yetkazib berilgan.

Yangi fototexnika qo‘g‘irchoqlar animatsiyasini rivojlantirishga ko‘mak beradi.

“Bugungi kunda qo‘g‘irchoqlar animatsiyasi bilan bog‘liq ishlab chiqarish o‘zgargan va plyonkali kinokameralar o‘rniga raqamli fotoapparatlardan foydalanish mumkin. O‘zbekistonda qo‘g‘irchoqlar animatsiyasini tiklashni rejalashtirganmiz”, — deydi rejissor-animator Aziz Muhammedov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют