» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,3 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,3 ming kishidan oshib ketdi


Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 109 kishini tashkil etdi. Butun mamlakat bo‘ylab vafot etganlarning jami soni 2345 kishiga yetdi, deb xabar beradi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, yana 397 kishida koronavirus aniqlangan, davolanishga muvaffaq bo‘lgan 2393 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar osni 75 891 kishini tashkil etmoqda.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblanuvchi Xubey provinsiyasida kasallikni yuqtirib olgan 366 nafar odam ro‘yxatga olingan, ularning 314 nafari — Uxan shahridan. O‘tgan bir sutka davomida 106 kishi aynan ushbu shaharda vafot etgan.

Gonkong, Makao va Tayvanda jami 104 kishida kasallik aniqlangan.

Mavzuga doir:

Avvalroq Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Chendu shahrida COVID-2019 koronavirusidan tuzalib ketgan bemorning qaytalab qolgani haqida xabar berilgandi. Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. 19-fevral kuni Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют