» » O‘zbekiston Prezidentining “Narxoz” bo‘yicha yangi qarori muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Prezidentining “Narxoz” bo‘yicha yangi qarori muhokamaga qo‘yildi


O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan iqtisodiyot sohasida kadrlarni tayyorlash borasida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Bular:

Quyidagilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

Universitetda 2020/2021-o‘quv yilidan:

Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik litseyini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish uchun test natijalarida olgan umumiy ballning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish tartibini joriy etilishi mumkin.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida alohida bo‘linma sifatida “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv va ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

Belgilab qo‘yilishicha, davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida ta’lim va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan grantlar, ilmiy-innovatsion biznesni rivojlantirish uchun uchinchi shaxslar tomonidan ajratilgan maqsadli moliyaviy, homiylik, xayriya mablag‘lari, korxona va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabrida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev ishdan olingan edi. Keyinroq ushbu ta’lim muassasasida 2019-yil 25-noyabrdan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tish belgilangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют