» » Ivanka Tramp otasining Suriyaga zarba berish qaroriga ta’sir ko‘rsatganini uning ukasi tasdiqladi

Ivanka Tramp otasining Suriyaga zarba berish qaroriga ta’sir ko‘rsatganini uning ukasi tasdiqladi


AQSh prezidentining o‘g‘li Erik Tramp opasi Ivankaning Suriyaga zarba berish borasidagi qarorga muhim ta’sir ko‘rsatganini tasdiqladi. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasiga tayanib, “TASS” xabar qildi.

“Ivanka — uch bolaning onasi va u o‘z ta’sir doirasidan foydalanmoqda”, — dedi Erik.

Avvalroq, Independent gazetasi otasining Suriyaga zarba berishida aynan Ivanka asosiy rol o‘ynagani haqida yozgan edi.

Shuningdek, gazeta Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Kim Darroxning mamlakat bosh vaziri Tereza Mey va Tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga yuborgan diplomatik axboroti bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayangan.

Ivanka Tramp televideniye orqali ko‘rsatilgan Idlib provinsiyasida halok bo‘lganlarning rasmlariga o‘zining Twitter’dagi sahifasida sharh berib, “Yuragim parchalandi, mening jahlim chiqyapti”, deb yozgan edi.

Britaniya elchisi telegrammada Donald Trampga qizi kutilgandan ham kuchliroq ta’sir qilganini ma’lum qilgan. Natijada Tramp Suriyaga nisbatan siyosatini 180 darajaga o‘zgartirib, hukumat kuchlariga zarba berishga qaror qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют