» » O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasi masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasi masalasini muhokama qildi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida 17—21-fevral kunlari Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonning Navoiy viloyati va Qozog‘istonning Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlari chegaralari tutashgan uchastkada davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjat loyihalari tayyorlandi.

Komissiya 2020-yil uchun O‘zbekiston—Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlagan.

Shu yilning yanvar oyida Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalasi muhokama qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют