» » Respublika korxonalari tomonidan yanvar oyida 27,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Respublika korxonalari tomonidan yanvar oyida 27,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan


2020-yilning yanvar oyida Respublika korxonalari tomonidan 27,9 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 4,4 foizga ko‘p demakdir, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 75,7 foizni tashkil etgan.

Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning — 8,6 foizga va elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning — 2,5 foizga o‘sishi xizmat qildi.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishda — 1,6 foizga hamda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida — 9,0 foizga pasayish kuzatilgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2020-yilning yanvar oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4,0 trillion so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 14,3 foizni tashkil etdi.

2020-yilning yanvar oyida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 21,1 trillion so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 75,7 foizini tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют