» » Italiyada 40 ta futbol bellashuvi koronavirus sababli qoldirildi

Italiyada 40 ta futbol bellashuvi koronavirus sababli qoldirildi


Italiyaning havaskor futbol klubi “Kordonyo” (Lombardiya shahri) a’zosi koronavirusni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Football Italia.

U Lombardiya shahrida koronavirusga chalingan ilk bemor sifatida ro‘yxatga olindi. Futbolchi ayni damda shifoxonada, uning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.

Koronavirus sababli Italiyada havaskor o‘rtasidagi 40 bellashuv boshqa muddatga qoldirildi. Hozircha bu holat professional futbol ligalariga ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 76 769 ga (shulardan 75 569 tasi Xitoyda) yetgan. Mazkur virus sababli 2360 kishi vafot etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют