» » Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov: O‘zbekistonda hozir pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov: O‘zbekistonda hozir pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti


O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirdi.

So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim.

O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan.

Jamshid Qo‘chqorov, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri

Jamshid Qo‘chqorovning qo‘shimcha qilishicha, bu masalada u rahbarlik qilayotgan Moliya vazirligi tomonidan jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.

Avvalroq “Gazeta.uz” nashrining hukumatdagi manbasi “O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirishdan boshqa iloj yo‘q”ligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Manba: O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirishdan boshqa iloj yo‘q



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют