» » Deontey Uaylder 23-fevral tongida Tayson Fyuriga qarshi jang qiladi. Ikkala bokschi ham hali 1 ta jangda yutqazmagan

Deontey Uaylder 23-fevral tongida Tayson Fyuriga qarshi jang qiladi. Ikkala bokschi ham hali 1 ta jangda yutqazmagan


Toshkent vaqti bilan 23-fevral tongida Las-Vegasda professional boks kechasi (AQShda 22-fevral tunda) tashkil etiladi.

Unda kechaning asosiy jangi Deontey Uaylder (42-0-1, 41 KO) va Tayson Fyuri (29-0-1, 20 KO) o‘rtasida kechadi. Uaylder ushbu jangda o‘zining WBC kamarini himoya qiladi.

Qayd etish joiz, ikkala yengilmas bokschi 2018-yil 1-dekabrida bir-biriga qarshi ringga chiqqan, 12-raundlik jang yakuniga ko‘ra hakamlar durang natijasini qayd etgandi.

Las-Vegasdagi boks kechasida quyidagi sportchilar ham ringda o‘zaro kuch sinashadi:

Emanuel Navarette — Jeo Santisima

Chalrz Martin — Jerald Vashington

Subriel Matias — Petros Ananyan

Janglar Toshkent vaqti bilan 07:30 da boshlanadi. Uaylder—Fyuri to‘qnashuvini Telegram’dagi @UFCBOXUZ kanalida tomosha qilish mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют