» » O‘zbekistonda chegaralarida yengil avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi o‘rtacha 11 daqiqaga ham yetib bormayapti

O‘zbekistonda chegaralarida yengil avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi o‘rtacha 11 daqiqaga ham yetib bormayapti


O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi chegara bojxona postlari orqali 2020-yil yanvar oyi davomida harakatlangan yengil va yuk avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan umumiy o‘rtacha vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Raqamlar Davlat ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil yanvar oyi davomida O‘zbekistonning chegara bojxona postlari orqali jami 93 270 ta yengil va yuk avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 24 daqiqa 27 soniya sarflangan.

Shundan yengil avtotransport vositalari 64 962 tani tashkil qilib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 10 daqiqa 28 soniya sarflangan.

Ayni vaqtda, yuk avtotransport vositalari 28 308 tani tashkil qilib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 38 daqiqa 26 soniya sarflangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют