» » “Narxoz” qoshida bog‘cha va maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

“Narxoz” qoshida bog‘cha va maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


Prezidentning “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyevning “Narxoz” bo‘yicha yangi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Ta’kidlanishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi universitet qoshida davlat-xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim muassasasi, ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi.

Ayni vaqtda Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda universitetda tayanch doktorantura uchun qabul parametrlarini ikki martaga oshirilishini ta’minlaydi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taklifiga muvofiq Vasiylik kengashi tarkibiga kirgan idora va tashkilotlarida universitetning sohaga oid tegishli kafedralari filiallarini tashkil etishga rozilik beriladi.

Shuningdek, universitetdagi xorijiy talabalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-nazariy ma’ruzalar o‘qish, dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun taklif etiladigan chet ellik professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarini davlat bojlarini to‘lashdan ozod etgan hamda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda berilishi va uzaytirilishi, O‘zbekistondagi vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют