» » Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi

Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi


Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qasddan qochib ketdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, 16-fevral kuni soat 04:25 da Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Ye.A. murojaat qilgan.

U 15-fevral kuni soat taxminan 8:00 da 11 yoshli o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib ketib, noma’lum tomonga yo‘l olgani va uyga qaytib kelmaganini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalar post-patrul xizmati xodimlari tomonidan topilib, uyiga qaytarilgan.

“Ammo keyinchalik bolalar uydan qasddan qochib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onasidan qo‘shni uyning tomida yashirinishi ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida. Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilib, qo‘shnilarning fikrlari o‘rganilgan.

Qayd etishlaricha, hozirda Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘ining ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda. Bolalar esa sud qarori chiqqunicha IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют