» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,5 ming kishiga yaqinlashdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,5 ming kishiga yaqinlashdi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 97 kishini tashkil etib, vafot etganlar jami soni 2442 kishiga yetgani haqida ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, yana 648 kishida koronavirus aniqlangan. Butun mamlakat bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar soni 76 936 kishini tashkil etmoqda. Shu paytga qadar shifokorlar 22 888 kishini davolashga muvaffaq bo‘lgan.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblanuvchi Xubey provinsiyasida kasallikni yuqtirib olgan 630 nafar odam ro‘yxatga olingan, ularning 541 nafari — Uxan shahridan.

Mavzuga doir: Foto: Bu — koronavirus sabab huvillab qolgan Chjenchjou shahri ko‘chalari. Unda 10 million odam yashaydi

Avvalroq AQShda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni 35 kishiga yetgani, Italiyada esa 40 ta futbol bellashuvi koronavirus sababli qoldirilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Chendu shahrida COVID-2019 koronavirusidan tuzalib ketgan bemorning qaytalab qolgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют