» » Azar yana jarohat oldi. U “Man Siti” va “Barselona”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi

Azar yana jarohat oldi. U “Man Siti” va “Barselona”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi


“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar La Liga 25-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi bahsda (0:1) jarohat oldi.

23-fevral kuni futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, unga ko‘ra, Azarning o‘ng oyog‘i kichik boldir suyagi darz ketgan.

AS xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchining tiklanishiga ikki oy muddat ketadi.

Azar noyabr oyida PSJga qarshi kechgan bahsda (2:2) olgan jarohatidan endigina forig‘ bo‘lgandi. “Levante”ga qarshi o‘yin maydonga qaytgan Eden uchun ikkinchi uchrashuv edi.

Eslatib o‘tamiz, “Real”ni oldinda Chempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti” (26-fevral) va Primerada “Barselona”ga (1-mart) qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

Joriy mavsum 29 yoshli futbolchi La Ligada 10 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют