» » O‘zbekiston terma jamoasi Belarusga mag‘lub bo‘ldi (video)

O‘zbekiston terma jamoasi Belarusga mag‘lub bo‘ldi (video)


O‘zbekiston terma jamoasi 23-fevral, yakshanba kuni Belarusga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan bahsda belaruslar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Pavel Nexaychik bahsdagi yagona bo‘lib qolgan golga muallif bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Belarus terma jamoasi ikkinchi to‘pni kiritishi mumkin edi, biroq Eldor Suyunov penaltidan yo‘llangan zarbani bartaraf etdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 31-mart kuni Yamanga qarshi bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

23-fevral, yakshanba

Gol: 0:1 — 26 Nexaychik

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Oleg Zoteyev, Yegor Krimets, Umar Eshmurodov (Islom Qobilov, 46), Murod Xolmuhammedov, Akbar Ismatullayev (Sharof Muhitdinov, 59), Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov, Bobur Abduxoliqov (Oybek Bozorov, 46) (Shohruz Norxonov, 70), Jasur Jaloliddinov, Igor Sergeyev  (Humoyun Murtozayev, 46).

Belarus: Pavlyuchenko, Matveychik, Pavlovets, Politevich, Burko, Stasevich, Korzun, Kendish, Nexaychik, Laptev, Dragun.

Ogohlantirishlar: Ismoilov (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют