» » O‘zbekistonliklarni 24 mlrd so‘mga chuv tushirgan bandlik agentligi jinoiy ishi bo‘yicha tergov tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklarni 24 mlrd so‘mga chuv tushirgan bandlik agentligi jinoiy ishi bo‘yicha tergov tafsilotlari ma’lum bo‘ldi


22-fevral, shanba kuni, O‘zbekiston Respublikasi IIV Interpol byurosi anjumanlar zalida Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etayotgan jinoyat ishi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJ sodir etgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov tafsilotlari ma’lum qilindi.

Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etgan matbuot anjumanida Otaqulov Qahramon, Qobilov Odil, Turdiyev Xushvaqt, Aliqulov Musulmon, Xalmonov O‘rol, Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu va boshqalar jinoiy til biriktirib, Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJni tashkil etgani, 2019-yil 4-yanvar kuni Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanishga litsenziya olib, jamiyatga murojaat qilgan fuqarolarni 3 oy ichida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, ular bilan soxta shartnoma tuzib, to‘lov kvitansiyalarini soxtalashtirgani, jami 2 385 nafar jabrlanuvchining 24,8 milliard so‘m pullarini ATB “Turonbank” Chilonzor filialidagi hisob raqamiga to‘lov qildirib hamda o‘zlariga naqd ko‘rinishda qabul qilib, fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan holda shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgani e’lon qilindi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan umumiy zararning undirilgan qismi 14,213 milliard so‘m (pul shaklida — 7,6 milliard so‘m, xatlangan mol-mulklar — 645 million so‘m), shuningdek, 3,108 milliard so‘mlik mol-mulklarni xatlab olish choralari ko‘rilmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan avval jabrlanuvchilarga qaytarilgan mablag‘ 2,86 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ayblanuvchilar tomonidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni undirish masalasi sudning hukmidan so‘ng hal etiladi. Ish bo‘yicha ayblanuvchilar Q.Otaqulov, O.Qobilov, X.Turdiyev, M.Aliqulov, A.Shamshiddinov, O.Jo‘rayev va Kang Namkyular qamoqda saqlanmoqda, O‘.Xalmonovga qidiruv e’lon qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha xatlangan mol-mulklar Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJga tegishli Malibu, (narxi 271,0 million so‘m), Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJ binosidagi 150 million so‘m qymatdagi mol-mulklar, Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJ Namangan filiali binosidagi 71 million so‘mlik mol-mulklar va Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan dala hovli (153,0 million so‘m) jami 645 million so‘mlik mol-mulklar xatlangan.

Shuningdek, ayblanuvchi Q.Otaqulov rahbarlik qilgan “Fayoz-XDS” MChJga tegishli, narxi 280,0 million so‘mlik Malibu (qidiruvda), ayblanuvchi X.Turdiyev tomonidan jamiyatning 270,0 million so‘m pul mablag‘lari hisobiga sotib olingan Malibu (qidiruvda), Q.Otaqulov sotib olgan narxi 50,0 million so‘mlik Forza (qidiruvda), jamiyat xodimlari O‘.Xalmonovga ajratilgan 433,0 million so‘m, F.Mashurovga ajratilgan 210,0 million so‘m, O.Qobilovga ajratilgan 205,0 million so‘m, A.Hasanovga ajratilgan 50,0 million so‘m, jami 508,0 million so‘m moliyaviy qarzlar, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani S.Ayniy ko‘chasida joylashgan, quruq mevalarni qadoqlash zavodiga sarflangan 2,0 milliard so‘mga yaqin pullar, ya’ni jami 3,108 milliard so‘mlik mol-mulklarni xatlab olish choralari ko‘rilmoqda.

Ish bo‘yicha jabrlanuvchilar tomonidan topshirilgan pul mablag‘larini qayerga sarflanganligini aniqlash maqsadida Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJ, “Fayoz XDS” MChJ, Vega best MChJ va Enormous wave global MChJning moliyaviy faoliyatini, bankdagi hisob raqamidagi pul mablag‘lari kirim-chiqimining qonuniyligini tekshirish uchun hujjatli taftish o‘tkazildi.

Firibgarlar Namangan viloyatida 720 nafar odamning qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ini o‘zlashtirgan, ularga 1,8 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgan. Shuningdek, Qashqadaryo (643 nafar odamning 7,3 milliard so‘m mablag‘i) va Samarqand (250 nafar fuqarodan 1,6 milliard so‘m) viloyatlaridagi fuqarolar ham katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘rgan.

Avval 2019-yil oktabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilgani hamda shu yili noyabrda O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют