» » Samsung koronavirus bilan kasallangan xodim sababli Janubiy Koreyadagi korxonalaridan birini yopdi

Samsung koronavirus bilan kasallangan xodim sababli Janubiy Koreyadagi korxonalaridan birini yopdi


Samsung Electronics Janubiy Koreyadagi korxonalaridan biridagi xodimi koronavirus bilan kasallangani tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“22-fevral kuni Gumi Complex’da ishlovchi Samsung Electronics xodimida yangi koronavirus (COVID-19) aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur zavod 24-fevral, dushanba kuni, ertalabgacha, xodim ishlagan qavat esa 25-fevralgacha yopiq bo‘ladi. Bu vaqt mobaynida kompaniya xonalarni dezinfeksiya qilish ishlarini olib boradi.

Shuningdek, kompaniya virusni yuqtirgan hamkasblari bilan aloqada bo‘lgan xodimlarini ham alohida ajratishga qaror qildi.

Mavuzga doir: Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi

Janubiy Koreyada yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 204 ta holat aniqlandi. Mamlakat kasallanish ko‘lami bo‘yicha Xitoy (u yerda 75 mingdan ortiq kishi kasallangan) va Yaponiyadan (u yerda 700 dan ziyod koronavirus bemori bor) so‘ng epidemiyaning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hafta boshida ham Janubiy Koreyada yangi virus bilan xastalanganlar soni 30 kishidan kamroq edi, ammo payshanba kuni ularning soni 100 kishiga yetdi, juma kuni esa 200 kishidan oshib ketdi. Poytaxt Seuldan 300 kilometr masofada joylashgan va 2,4 million aholi istiqomat qiladigan Tegu shahri COVID-19 ning bosh o‘chog‘iga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют