» » Liga 1. PSJ 7 ta gol kiritilgan bahsda g‘alabaga erishdi

Liga 1. PSJ 7 ta gol kiritilgan bahsda g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 26-turida PSJ 23-fevral, yakshanba kuni “Bordo”ni qabul qildi.

Uchrashuvda parijliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. PSJ safida Markinyos dubl qayd etgan bo‘lsa, Edinson Kavani va Kilian Mbappe bir martadan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

“Bordo”ning gollariga Hvan Iy Cho, Pablo Nasimento va Ruben Pardo muallif bo‘ldi. O‘yin yakunlanishi arafasida Neymar qizil kartochkaga loyiq ko‘rilib, maydondan chetlatildi.

Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa 65 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Liga 1

26-tur bahsi

23-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 — 18 Hvan Iy Cho, 1:1 — 25 Kavani, 2:1 — 45 Markinyos, 2:2 — 45 Pablo, 3:2 — 63 Markinyos, 4:2 — 69 Mbappe, 4:3 — 83 Pardo.

PSJ: Riko, Tiago Silva (Guye, 17), Markinyos, Bernat, Kimpembe, Kerer, Di Mariya (Sarabiya, 75), Verratti, Kavani (Ikardi, 76), Neymar, Mbappe.

“Bordo”: Kostil, Koselni, Pablo, Benito, Sabali, Kvateng (Pardo, 46), Otavio, Bashich (Adli, 70), Kalu, de Previl, Hvan Iy Cho (Maja, 78).

Ogohlantirishlar: Kvateng (45), Neymar (45), Kavani (45), Guye (56), Bashich (64), Kimpembe (85).

Chetlatish: Neymar (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют