» » Xitoyda koronavirusdan bir kunda 150 kishi vafot etdi, qurbonlari soni 2592 kishiga yetdi

Xitoyda koronavirusdan bir kunda 150 kishi vafot etdi, qurbonlari soni 2592 kishiga yetdi


Xitoyda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bir sutkada 150 kishiga ko‘paydi, deya xabar bermoqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi. Mamlakatda koronavirusning umumiy qurbonlari soni 2592 kishiga yetgan.

So‘nggi bir sutkada Xitoyda 406 kishi koronavirus yuqtirib olgan (shundan 348 nafari Uxanda), kasallangan fuqarolar soni 77 150 kishiga yetgan. Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni 24 734 kishiga yetgan — bundaylar soni bir sutkada 1846 kishiga ko‘paygan.

Bundan tashqari, Xitoyning olti provinsiyasida koronavirus sabab joriy etilgan favqulodda vaziyatga tezkor munosabat bildirishning eng yuqori darajasi pasaytirilgan. Ular orasida kattaligi bo‘yicha Xitoyda ikkinchi o‘rinda turadigan Guandun ham bor.

Mavzuga doir: Xitoyning oltita provinsiyasida koronavirus sabab joriy etilgan favqulodda holat darajasi pasaytirildi

Qayd etishlaricha, Guandun va Shansi provinsiyalari xavf darajasini birinchidan ikkinchi pog‘onaga tushirgan, Lyaonin, Guychjou, Yunnan va Gansuda esa xavf darajasi ikkinchidan uchinchi pog‘onaga tushirilgan.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy koronavirusiga qarshi ilk vaksina bir yarim yildan so‘ng paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Fevral oyi o‘rtalarida esa Xitoyda virusga qarshi kurashda samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan dori vositasi ishlab chiqarila boshlangani aytilgan edi.

Mavzuga doir: Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Turkiya, Armaniston va Pokiston Eron bilan chegarasini yopdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют