» » Italiyada koronavirus oqibatida uchinchi kishi vafot etdi

Italiyada koronavirus oqibatida uchinchi kishi vafot etdi


Italiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida uchinchi odam vafot etdi, deb xabar beradi Corriera della Sera gazetasi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyaning shimoliy qismidagi Krema shahridan bo‘lgan keksa ayol vafot etgan. Shuningdek, u onkologik kasallikdan ham aziyat chekib kelgan.

Avvalroq Lombardiya va Venetsiyada istiqomat qiluvchi keksa ayol va erkak ham koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi uch kun ichida Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 152 kishiga yetgan. Italiya hukumati infeksiya mamlakatda tarqalgani tufayli favqulodda choralar ko‘rmoqda. Bosh vazir Juzeppe Konte koronavirus kuzatilgan viloyatdan boshqa viloyatga kirish va chiqishga taqiq qo‘yilgani, virus tarqalgan yerlarda maktablar hamda OTMlarda darslar bekor qilinganini ushbu choralar qatoriga kiritgan. Xususan, Milandagi maktablar kamida bir haftaga yopilgan, degan shahar hokimi Juzeppe Sala.

Mavzuga doir:

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют