» » O‘z uyida Eron klubini yenga olmagan “Lokomotiv” guruhdan chiqish imkoniyatlarini kamaytirdi

O‘z uyida Eron klubini yenga olmagan “Lokomotiv” guruhdan chiqish imkoniyatlarini kamaytirdi


Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Toshkentning “Lokomotiv” klubi durang o‘ynadi.

4-tur doirasida “temiryo‘lchilar” Tehronning “Istiqlol” klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Marat Bikmayev birinchi bo‘limda urgan golga forslar uchrashuv yakuniga uch daqiqa vaqt qolganida javob qaytara oldi.

“Lokomotiv” bunga qadar 1 ta o‘yinda zafar quchgan va ikkitasida imkoniyatni boy bergandi. Xususan, “Istiqlol”ga qarshi safar o‘yini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan o‘z yakuniga yetgandi.

4-turdan so‘ng “Lokomotiv” hisobida 4, “Istiqlol”da esa 5 ochko bor.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 4-tur
11-aprel, seshanba

Gollar: Marat Bikmayev, 13 (1:0). Kaveh Rizoiy, 87 (1:1).

Опубликовано: admin (11-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют