» » Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi

Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi


Afg‘onistonda koronavirusi yuqtirishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Firozuddin Firuzga tayanib 1TV News telekanali xabar berdi.

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining aytishicha, 23-fevral kuni Hirot viloyatida koronavirus bilan kasallanish taxmin qilingan uchta holat aniqlangan, ulardan biri tekshiruvlar natijasida tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash vaziri Hirotda favqulodda holat e’lon qildi.

Avvalroq Tolo News telekanali Eronda infeksiya va virusning tez tarqalishi boshlangan Qom shahriga tashrif buyurgan uch kishiga koronavirus borligi gumon qilinganligini xabar bergan. Eronlik shifokorlar koronavirusga chalinishning dastlabki holati haqida 19-fevral kuni ma’lum qilgan.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning umumiy qurbonlari soni 2592 kishiga yetgan. Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Armaniston Eronda koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagani munosabati bilan islom respublikasi bilan chegarasini yopdi va ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatadi.

Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Afg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa xuddi Armaniston va Turkiya kabi Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют