» » “Barselona” La Ligadagi gollar soni bo‘yicha 57 yil deganda ilk bor “Real”ni ortda qoldirdi

“Barselona” La Ligadagi gollar soni bo‘yicha 57 yil deganda ilk bor “Real”ni ortda qoldirdi


“Barselona” Ispaniya chempionatining 25-turida 22-fevral kuni “Eybar”ni yirik hisobda yengdi (5:0).

Buning evaziga “Barselona” La Liga tarixida urilgan gollar soni bo‘yicha “Real”ni ortda qoldirdi. “Barselona” hisobida hozirda 6151 ta gol mavjud, “Real”da esa — 6150.

“Real” 1963-yildan buyon mazkur ko‘rsatkich borasida bo‘yicha kelayotgandi. Shuningdek, madridliklar “Levante”ga qarshi o‘yinda (0:1) gol ura olmay yetakchilikni qaytarib olish imkoniyatini ko‘kka sovurdi.

25-turdan keyin “Barselona” 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan ikki ochko kam jamg‘argan “Real” 2-o‘rindan joy olgan. Mazkur jamoalar 1-mart kuni 26-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют