» » Denovdagi savdo majmuasida yuz bergan yong‘inda 18 ta savdo obyekti yonib ketdi (video)

Denovdagi savdo majmuasida yuz bergan yong‘inda 18 ta savdo obyekti yonib ketdi (video)


Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi savdo majmualarining birida 24-fevral kuni soat 05:37 da yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo majmuasi “Bahoriston” mahallasi Mustaqillik ko‘chasi joylashgan bo‘lib, yong‘in 2 qavatli binoning 2-qavatida yuz bergan.

Oqibatda, 18 ta savdo obyektlari, umumiy maydoni 630 metr kvadrat qismi yong‘indan zararlangan.

Voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida binoning 1 680  metr kavadrati yong‘indan saqlab qolingan.

Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Avvalroq Yunusoboddagi xonadonda yong‘in yuz bergani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют