» » Jizzaxda Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi Islom Karimov deb qayta nomlandi

Jizzaxda Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi Islom Karimov deb qayta nomlandi


Jizzax shahridagi Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, bu haqda O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Geodeziya va kartografiya milliy markazi qoshidagi ekspert komissiyasi bergan xulosada ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish belgilab qo‘yilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют