» » Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ITI tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ITI tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-fevral, dushanba kuni, kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda 2020-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

2020-yil — O‘zbekistonda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilinib, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish belgilab olindi. “Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichidagi muhim yo‘nalishlardan biri esa kimyo sohasidir”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shu bois yig‘ilishda ushbu tarmoqda ta’lim va ilm-fanni takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash juda muhimligi ta’kidlandi. “Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, buning uchun tadqiqotlarning soha korxonalari ehtiyojiga hamohangligini ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Prezident yig‘ilishda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot instituti (ITI) tashkil etish, Toshkent kimyo texnologiya institutida mutaxassisliklar va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют