» » DTM IIV xodimlari farzandlariga OTMlar imtihonlarida beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi

DTM IIV xodimlari farzandlariga OTMlar imtihonlarida beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi qarorida Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozlar belgilangan. Davlat test markazi ushbu imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan beriladigan tavsiyanoma va taqdimnomalar imtiyoz berish uchun asos bo‘ladi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan:

davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanoma;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun taqdimnoma beriladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga:

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun umumiy qabul parametrlaridan tashqari uch foizli qabul ko‘rsatkichlari (qo‘shimcha uch foizli qabul kvotasi) ajratiladi. Ularga mazkur uch foizli qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi (tavsiyanoma asosida).

Harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlar (o‘quvchilar)ni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli qabul ko‘rsatkichlari (qo‘shimcha besh foizli qabul kvotasi) ajratiladi. Ularga mazkur besh foizli qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi (taqdimnoma asosida).

Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga:

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozi beriladi (tavsiyanoma asosida).

Harbiy ta’lim muassasalariga kirishda dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan, tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga kirish imtiyozi beriladi (taqdimnoma asosida).

Tavsiyanoma va taqdimnomalarning amal qilish muddati uch yil deb belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют