» » Samarqand va Jizzaxda quyosh elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi

Samarqand va Jizzaxda quyosh elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi


O‘zbekiston Energetika vazirligi Jahon banki bilan birgalikda Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 200 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha tender e’lon qildi. Bu haqda vazirlik tomonidan xabar berildi.

O‘zbekiston 2018-yilda Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan qiymati bir milliard dollar bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish va ishlatish uchun xususiy investorlarni taklif qilish bo‘yicha konsultativ xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kelishuv imzolagan. Kelishuvning sinov loyihasi Navoiy viloyatida quriladigan quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi bo‘ladi. 2019-yilning noyabr oyida uning qurilishi bo‘yicha tenderda BAAning Masdar kompaniyasi g‘olib chiqqan edi.

Yangi tender natijasida 25 yil muddatga davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita stansiyani qurish uchun bitta yo ikkita g‘olib yoki konsorsium tanlanadi.

Tanlovning birinchi bosqichida 21-martga qadar uning ishtirokchilari dastlabki saralashdan o‘tkaziladi. Sanasi keyinroq e’lon qilinadigan ikkinchi bosqichda tanlangan ishtirokchilar o‘zining texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadi. Tender bo‘yicha maslahatchi Xalqaro moliya korporatsiyasi hisoblanadi.

2020-yilning fevral oyi boshida O‘zbekiston Energetika vazirligi Surxondaryo viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 200 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e’lon qilgan edi. Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot banki bilan 2019-yil avgust oyida imzolangan dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Dasturning qiymati 800 million dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 1) ( 86) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...