» » Toj Mahaldagi Tramp, hukumatga qarshi namoyishlar, koronavirus charchatgan shifokor. 24-fevralning eng qiziqarli suratlari

Toj Mahaldagi Tramp, hukumatga qarshi namoyishlar, koronavirus charchatgan shifokor. 24-fevralning eng qiziqarli suratlari


24-fevral, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Tegu, Janubiy Koreya

Shifoxona tashqarisida hordiq chiqarayotgan tibbiyot xodimi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi va 24-fevralning boshqa muhim xabarlari

Port-o-Prens, Gaiti

Gaiti poytaxtida bo‘layotgan tartibsizliklar tufayli mamlakatda o‘tkaziladigan karnaval bekor qilindi.

G‘azo sektori

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga berilgan zarbadan keyingi olov va tutun uzoqdan ko‘rinmoqda.

Ahmadobod, Hindiston

Sardor Patel stadionida Donald Tramp chiqish qilayotgan paytda xavfsizlikni ta’minlayotgan AQSh maxfiy xizmati va Hindiston maxsus himoya guruhi a’zolari.

Mavzuga doir: “Namaste Tramp”. AQSh prezidentining Hindistonga tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rildi? (fotogalereya)

Milan, Italiya

“San-Siro” stadioni oldidagi “Inter” muxlisi. Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi doirasidagi bir nechta o‘yin qoldirildi.

Moskva, Rossiya

Vladimir Putin Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Noma’lum askar poyiga gul qo‘yish marosimida.

Taltuna, Suriya

Yerosti boshpanasidagi suriyalik oila. Bu yerda Aleppo va Idlibdan ko‘chirilgan bir necha oila yashamoqda.

Nyu-Deli, Hindiston

Fuqarolik bo‘yicha yangi qonun tarafdori qonunga qarshilar tomon tosh otmoqda.

Italiya

Italiyaning 12 ta shahrida koronavirus tufayli karantin e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus oqibatida uchinchi kishi vafot etdi

Vinya-del-Mar, Chili

Hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Seul, Janubiy Koreya

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan ayol ko‘zgular oldidan o‘tmoqda.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirib olganlar soni bir kunda 161 kishiga ko‘paydi, yetti kishi vafot etgan

Agra, Hindiston

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Toj Mahal yodgorligini ziyorat qildi.

Mavzuga doir: Shayx Zayd masjididagi Saida va Ivanka, niqobli Mona Liza, “Bo‘ston”da yakunlangan karantin. 18-fevralning eng qiziqarli suratlari

London, Angliya

Wikileaks asoschisi Julian Assanjning AQShga ekstraditsiya qilish masalasi bo‘yicha sud boshlandi.

Fahahil, Kuvayt

Maxsus xizmat xodimi Erondan evakuatsiya qilingan fuqarolar karantinga joylashtirilgan mehmonxonani qo‘riqlamoqda.

Mavzuga doir: Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi

Olmaota, Qozog‘iston

Hukumatga qarshi namoyish ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Viraduro samba maktabi ishtirokchilarining karnavaldagi chiqishi.

Folkmarzen, Germaniya

Karnaval vaqtida yengil mashina odamlarni bosib ketishi oqibatida 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Haydovchi qo‘lga olindi.

Tikipaya, Boliviya

Ko‘ngillilar toshqinlarga sabab bo‘lgan kuchli yomg‘irdan keyin odamlarning shaxsiy buyumlarini ko‘chirishga yordam bermoqda.

Milan, Italiya

Jorjio Armani koronavirus sababli modalar namoyishini bekor qildi.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus avj olmoqda: Karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi

Najaf, Iroq

Hukumatga qarshi namoyish o‘tkazayotgan iroqliklar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan. Iroqda birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati eronlik talabada qayd etildi.

Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 00:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют