» » Xitoyning Rossiyadagi elchisi XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilganini ma’lum qildi

Xitoyning Rossiyadagi elchisi XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilganini ma’lum qildi


Xitoylik mutaxassislar yangi turdagi koronavirusga qarshi samarali ta’sir ko‘rsata oladigan vaksinani ishlab chiqdi. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbat vaqtida Xitoyning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qilgan, deb yozmoqda “TASS”.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, xitoylik olimlar koronavirusga uch o‘lchamli sharh bera olgan va bu vaksina ishlab chiqilishi uchun yaxshi asos bo‘la oladi.

“Xitoyda virusga qarshi kurasha oladigan, imunitet hosil qiluvchi vaksinani ishlab chiqishdi. Bu koronavirusga qarshi kurashdagi dastlabki natijalar, keyingi tajribalar samarasi va ularni takomillashtirishga yana vaqt talab qilinadi”, — degan Xanxuey.

Fevral o‘rtalarida XXR Sog‘liqni saqlash milliy qo‘mitasining biologik markazi direktori Chjan Sinmin koronavirusga qarshi vaksinalar hayvonlarda sinovdan o‘tkazilayotganini bildirgan. Vaksinaning odamlardagi klinik sinovlari apreldan avval boshlanmaydi, degan Milliy qo‘mita rahbari o‘rinbosari Szen Isin.

Mavzuga doir: 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) direktori Sumiya Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning odamlardagi dastlabki sinovlari besh yoki olti oydan keyin o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u bir nechta vaksina ishlab chiqilayotgani, ammo ulardan bir yoki ikkitasi test uchun tanlab olinishini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют