» » Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2,6 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2,6 ming kishidan oshib ketdi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini tashkil etib, jami vafot etganlar esa 2663 kishiga yetganini ma’lum qildi.

24-fevral kuni Xitoy hududida virusni yuqtirib olish bo‘yicha 508 ta holat qayd etilgan. Shu bilan birga, 2589 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lib, ularga tibbiyot muassasalaridan javob berilgan. 71 kishi vafot etgan (ularning aksariyati Xubey provinsiyasidan).

Virusdan jami 27 230 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, butun mamlakat bo‘ylab 641 ming odam tekshiruvlardan o‘tgan. Ayni vaqtda koronavirus oqibatida jami vafot etganlar 2663 kishini tashkil etmoqda, kasallikka chalinganlar esa 77 mingdan ortiq.

Mavzuga doir: JSST Xitoyda koronavirus tarqalishining sekinlashganligini tasdiqladi

Avvalroq Xitoyning Rossiyadagi elchisi XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilganini ma’lum qilgandi. Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 milliard dollar olmoqchi, Yevropa ittifoqi esa koronavirusga qarshi kurash uchun 232 million yevro ajratadigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют