» » Xivada 400 dollar pora so‘ragan kadastr xodimi qo‘lga olindi

Xivada 400 dollar pora so‘ragan kadastr xodimi qo‘lga olindi


Xivada 400 dollar pora so‘ragan kadastr xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xorazm viloyati “Yer mulk kadastr” DK Urganch shahar filiali mutaxassisi Yu.M., fuqaro B.P.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning Xiva shahrida joylashgan noturar binosi hujjatlarini turar joy sifatida rasmiylashtirib berishi evaziga 400 dollar talab qilgan.

Shundan 300 dollarni olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi 4 ming dollar pora bilan ushlangani, Toshkentda tadbirkordan 34 ming dollar pora olgan “bozorqo‘m” o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют