» » Anvar Sanayev — antiqa “zapret”larga tushish bo‘yicha rekordchi. Uch yillik ikkinchi ‘zapret’ga Yulduz Usmonova sabab bo‘lgan (video)

Anvar Sanayev — antiqa “zapret”larga tushish bo‘yicha rekordchi. Uch yillik ikkinchi ‘zapret’ga Yulduz Usmonova sabab bo‘lgan (video)


Xonanda Anvar Sanayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Anvar Sanayev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sabab ikkinchi marta — uch yil “zapret”da yurgani haqida gapirib berdi.

Birinchi ‘zapret’dan qutulib, albomlar taqdim qildim, konsertlar bo‘lib o‘tdi, keyin suhbatga chaqirishlar boshlandi. ‘O‘zbegim taronasi’ radiosiga suhbatga bordim. ‘Zapret’ga tushishimdan oldin O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bir suhbatida meni maqtadilar. Ularning so‘zlaridan keyin muxlislar orasida yanada hurmatim oshib ketdi, ungacha ular bilan shaxsan tanish emas edim.

Yulduz Usmonovaga minnatdorchilik bildirish uchun konsertlariga katta gul ko‘tarib bordim. ‘Yulduz opa, obro‘yimni ko‘tardingiz, men uchun bu juda katta gap’ deganimda ular ‘Men suhbatda to‘g‘risini aytganman, haqiqatan ham yaxshi ijod qilyapsiz’ degandilar.

‘O‘zbegim taronasi’dagi suhbatda qaysi ustoz san’atkorlarning  qo‘shiqlarini yoqtirasiz?’ degan savol bo‘ldi. Men Yulduz Usmonovani juda ham hurmat qilishimni, ulardek bo‘lishni har bitta qo‘shiqchi orzu qilishini aytdim. Bu inson ‘O‘zbekiston nomini chet ellarda eslatib turadi, konsertlari tufayli Yulduz Usmonova deyishganda O‘zbekiston ham chet elliklarning ko‘z oldiga keladi’ deganman. Suhbatdan chiqishim bilan hali uyga yetib bormasimdan, yo‘lda telefon bo‘lib ‘Senga ‘zapret’ keldi. Suhbatda Yulduz Usmonova haqida nima degan eding?’ deyishdi.

Shu sabab bo‘lib yana uch yil zapretda yurdim. O‘sha vaqtda Yulduz Usmonova ham ‘zapret’da ekan, ularni maqtaganim uchun meni ham ‘zapret’ga tiqishgan ekan.

Anvar Sanayev, xonanda

Ma’lumot uchun, Anvar Sanayev bugungi kungacha 1000 dan ortiq turli konsert zallari, stadionlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi hamda Hindiston davlatlarida ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Xonandaning 20 dan ortiq musiqiy albomlari, 200 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют